locale OZ

Bogdan Guskov chempionlik yo‘lida Jamal Hillga ko‘z tikdi

UFCda 4 ta erta g‘alaba qayd etgan hamyurtimiz sobiq chempion bilan jang qilish niyatida
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Yarimog‘ir vazn toifasi reytingining 10-pog‘onasiga ko‘tarilgan aralash yakkakurash ustasi Bogdan Guskov navbatdagi raqibi haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, eng maqbul variant – sobiq UFC chempioni va reytingda 6-o‘rinda turgan Jamal Hill.

– Bizda uch nomzod bor: Volkan Ozdemir, Yan Blaxovich va Jamal Hill. Ular orasida eng ideali – Hill. U sobiq chempion va reytingi mendan yuqori. Blaxovich yanada balandda, ammo Top-5`da va unga qarshi jang ehtimoli kamroq. Hill esa chempionlik yo‘lida katta qadam bo‘ladi. Avvali Top-10, keyin Top-5 raqib bilan jang va keyingi maqsad – chempionlik! – dedi Guskov.

Ma’lumot uchun, Guskov UFCdagi so‘nggi to‘rt jangining barchasini muddatidan avval g‘alaba bilan yakunlagan. Jamal Hill esa iyun oyida uchinchi marta mag‘lubiyatga uchrab, Khalil Rountreega imkoniyatni boy bergan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting