Bogdan Guskov 26 iyul kuni UFC oktagonida: navbatdagi jang va efir vaqti
Bugun, 26 iyul kuni Abu-Dabi shahrida UFC on ABC 9 turniri bo‘lib o‘tadi. Kechaning dastlabki janglaridan biri hamyurtimiz Bogdan Guskov va ukrainalik Nikita Krilov o‘rtasidagi to‘qnashuv bo‘ladi. Bu jang asosiy kardning ilk to‘qnashuvi sifatida e’lon qilingan.
Turnir Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start oladi, asosiy janglar esa 00:00dan namoyish etiladi.
Kechaning markaziy jangini sobiq chempion Robert Uittaker va "ONE" chempioni Renye de Ridder o‘tkazadi.
UFC on ABC 9 turnirining to‘liq kardi:
Asosiy kard:
• Robert Uittaker — Renye de Ridder
• Pyotr Yan — Markus Makgi
• Sharabutdin Magomedov — Mark-Andre Berrio
• Asu Almabayev — Xose Ochoa
• Nikita Krilov — Bogdan Guskov
Prelim kard:
• Brays Mitchell — Said Nurmagomedov
• Muslim Salixov — Karlos Leal
• Deyvi Grant — De’Mon Blekshir
• Amanda Ribas — Tabata Richchi
• Ibo Aslan — Billi Elekana
• Muhammad Yahyo — Stiven Nguyen
• Martin Buday — Markus Almejda