Bogdan Guskov 1 avgust kuni jang o'tkazadi
U Serbiyadagi turnirda qatnashadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ФОТО: Getty images
UFCning yarim og'ir vazn toifasi reytingida 10-o'rinni egallab turgan o‘zbekistonlik Bogdan Guskov 1 avgust kuni Belgradda (Serbiya) bo‘lib o‘tadigan tashkilot turnirida ishtirok etadi. Bu haqda MMA.Metaratings.ru nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Guskovning hozircha raqibi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, Bogdan 33 yoshda. O‘zbekiston vakili aralash yakkakurashlar bo‘yicha professional jangchi sifatida 2015 yilda debyut qilgan, 2023 yildan buyon UFCda chiqish qilmoqda.
Uning dunyoning eng nufuzli tashkilotidagi hisobida jami to‘rtta g‘alaba, bitta mag‘lubiyat va bitta durang bor. Dekabr oyida UFC 325 turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Guskov polyak sobiq chempion Yan Blaxovich bilan durang qayd etgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist