locale OZ

BMB PFC ta`qibchilaridan sezilarli ravishda uzoqlashib oldi…

15 ta uchrashuvda darvozalarga 74 ta gol kiritilganining shohidi bo’lishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
BMB PFC ta`qibchilaridan  sezilarli ravishda  uzoqlashib  oldi…
Фото: Ўзбекистон футзали

Futzal bo’yicha O’zbekiston XXIX milliy chempionati — Oliy liga musobaqasining 10-tur uchrashuvlaridan keyin amaldagi chempion — Jizzaxning "BMB PFC" jamoasi ta`qibchilaridan sezilarli ravishda uzoqlashib oldi. 2025/2026-yilgi mavsum chempionligi masalasi katta ehtimol bilan shu oyning ikkinchi o’n kunligida Qarshi shahrida boshlanadigan 11-tur bahslaridan keyin aniqlanadi. Boisi jizzaxliklar bu turda chempionatning quyi pog’onalarida borayotgan jamoalar bilan kuch sinashadi va yuz foizlik natijani qayd etishlariga to’sqinlik qiladigan jamoani ko’rmayapmiz. O’z navbatida Qarshidagi turda BMBning asosiy ta`qibchilari “Oil Star” hamda SQBning o’zaro uchrashuvi bor. Mazkur bahsda tomonlarning ochko yo’qotishi BMB PFCni muddatidan oldin chempion qiladi.

Endi bevosita 10-tur yakunlariga to’xtaladigan bo’lsak, tur anchagina keskin va shiddatli uchrashuvlarga boy bo’ldi. Olti kun mobaynida Jizzax futbol akademiyasi sport zaliga tashrif buyurgan muxlislar zerikib qolishgani yo’q. Nodir Eliboyev boshchiligidagi "BMB PFC" so’nggi o’yin kuni eng yaqin ta`qibchisi – SQB ni mag’lubiyatga uchratib, o’zi uchun “komfort” vaziyat yaratib oldi. Bankchilarning ochko yo’qotishi esa buxorolik “yoqilg’i yulduzlari”ga qo’l keldi. Yuz foizlik natija qayd etgan “Oil Star” ikkinchi o’ringa ko’tarilib oldi.

Jizzax turi Toshkent viloyatining OKMK hamda poytaxtning “Lokomotiv” jamoalari uchun omadsiz kechdi. Aleksandr Petrov shogirdlari ketma ket ikkiga o’yinni boy bergan bo’lsa, temiryo’lchilar faqatgina bir ochko bilan kifoyalanishdi.

Musobaqa jadvalining quyi pog’onalari borayotgan jamoalar orasida “Maksam-Chirchiq” bu turda ajoyib natijani qayd etdi. Bahodir Ahmedov shogirdlari o’z hisoblariga to’qqiz ochko yozdirib qo’yishdi. “Dinamo”, “Neftchi” jamoalari bittadan ochkoli bo’lishdi. Yaqqol autsayder – “Qizilqum” esa uchala o’yinini ham boy berdi.

Turning e`tiborli voqealaridan biri – “Qizilqum” – “Oil Star” jamoalari ishtirokida kuzatildi. Bahsning uchinchi goli navoiyliklar o’yinchisi Anvar Sodiqov tomonidan kiritildi va u XXIX milliy chempionatimizdagi 900-gol sifatida tarix sahifalariga bitildi. Shunisi e`tiborga molikki, mavsumning uchinchi yubiley goli navoiyliklar hisobiga yozildi.

Bu turda jamoalar ko’proq o’yin o’tkazishgan bo’lishsa-da, sermahsullik oldingi turga nisbatan pastroq bo’ldi. Jizzaxlik futzal ishqibozlari 15 ta uchrashuvda darvozalarga 74 ta gol kiritilganining shohidi bo’lishdi. O‘rtacha har bitta o’yinga 4,93 tadan gol to’g’ri keldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting