locale OZ

BMB mavsum yakuniga bag'ishlab yig'ilish o'tkazdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
BMB mavsum yakuniga bag'ishlab yig'ilish o'tkazdi
PHOTO: Telegram

Joriy yilgi mavsum yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish BMB HOLDING taʼsischisi, BMB Professional futzal klubi Prezidenti Aziz Mamatqulov rahbarligida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda klub vitse-prezidenti hamda barcha mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida “O‘zbekiston Kubogi–2025” musobaqasida erishilgan muvaffaqiyat alohida e’tirof etildi. Ushbu yutuqlar munosabati bilan jamoa a’zolari klub rahbariyati tomonidan pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Klub bosh murabbiyi Nodir Eliboyevning O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yakuniga yetdi. Shu kungacha bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelgan Dilshod Rahmatov “Oq yo‘lbarslar” jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

O'z navbatida N.Eliboyev va D.Rahmatovlarning futzalni rivojlantirish yo'lidagi kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilandi.

Tadbir yakunida 2025/2026-yilgi mavsumga tayyorgarlik, klub faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting