locale OZ

BMB ikkinchi oʻyinda Tojikiston chempioniga imkoniyat qoldirmadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
BMB ikkinchi oʻyinda Tojikiston chempioniga imkoniyat qoldirmadi
PHOTO: Telegram

Oʻzbekiston kubogi sohibi va mamlakat chempioni — BMB jamoasi kecha Toshkent moliya instituti sport zalida Tojikiston chempioni – “Istiqlol” jamoasiga qarshi ikkinchi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazdi.

Dastlabki oʻyindan farqli o'laroq, bu gal Nodir Eliboyev shogirdlarining ustunligi yaqqol sezildi. Maydonning har bir qarichi, toʻp uchun kurashda BMBchilar raqiblariga umuman imkoniyat qoldirishmadi va yirik 4:0 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
Ikkichi o’yin
BMB (O‘zbekiston) - "Istiqlol" (Tojikiston) – 4:0.
Gollar: D.Ibragimov (8’, 35’), M.Ahadjonov (22’), Jоaоzino (24’).

Hakamlar: Aziz Karimov, Daniel Yatsemko, Aziz Abduhamidov, Dildora Rustamova

BMB (Asosiy beshlik): Elmurodov, Sa’diyev, Ahadjonov, Bolt, Jоаоzino.
Zaxiradagilar: O‘lmasbekov, Odilov, Ibragimov, Serjino, Aleks Dias, Husanboyev, Mirqosimov.

“Istiqlol” (Asosiy beshlik): Bekmurodov, Orazmuhamedov, R.Sharipov, Umarov, Mateusao.
Zaxiradagilar: Shamsov, M.Sharipov, Hamidov, Idiyev, Ismoilov.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting