Biz Asu Almabayev bilan jangdan voz kechmoqchi edik: Ramazon Temirovning murabbiyi - Jasur Alijonov
UFC jangchisi Ramazon Temirovning murabbiyi Jasur Alijonov shogirdining Asu Almabayevga qarshi bo‘ladigan jangi haqida o‘z fikrini bildirdi.
— Jasur aka, Ramazonning Asuga qarshi jangi qanday yuzaga keldi? Bu UFC tomonidan qilingan qarormi?
— Ha, taklif aynan UFCdan keldi. Aslida biz Almabayevga qarshi jangdan voz kechmoqchi edik. Biroq tashkilot bizga boshqa raqib yo‘qligini ma’lum qildi. Shu sababli, jangni qabul qilishga majbur bo‘ldik.
— Bu UFC tarixida ilk bor Qozog‘iston va O‘zbekiston jangchilari o‘rtasidagi prinsipial to‘qnashuv bo‘ladi. Jangdan nimalar kutyapsiz?
— Men buni prinsipial to‘qnashuv deb baholamayman. Men uchun eng muhimi — sport manfaatlari. Biz Qozog‘iston xalqi bilan doimo do‘st bo‘lganmiz va do‘st bo‘lib qolamiz. Bu shunchaki sport, raqobat va ringdagi professionallik.