Birinchi liga musobaqasining 3-tur bahslari boshlanishiga to‘rt kun qoldi
Har kuni o‘yinlar soat 13:00 da boshlanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ўзбекистон футзали
Yana to‘rt kundan so‘ng — 5-fevral sanasidan e’tiboran mamlakat birinchiligi — Birinchi liga musobaqasining 3-tur uchrashuvlariga start beriladi. Navbatdagi tur o‘yinlariga Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasi mezbonlik qiladi.
Eslatib o’tamiz, aynan ushbu turdan 2025/2026 yilgi mavsumning ikkinchi davrasi boshlanadi. 8 ta jamoa ishtirok etayotgan Birinchi liga bahslarida Andijonlik va vodiylik futzal ishqibozlari to‘rt kun davomida qiziqarli va murosasiz bahslar kutmoqda.
Uchrashuvlarni sport majmuasida bevosita bepul tomosha qilish, shuningdek, O‘FFning rasmiy YouTube kanali orqali jonli efirda kuzatish mumkin.
Har kuni o‘yinlar soat 13:00 da boshlanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist