locale OZ

Bir qator sportchilarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bir qator sportchilarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi
FОТО: UzChess

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyoti yoʻlida munosib hissa qoʻshgan bir guruh yoshlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular safida bir qator yosh sportchilarimiz ham bor.

Prezident Qarori va farmoniga koʻra, davlat mukofotiga sazovor boʻlgan ushbu yosh sportchilar bilan tanishing:

“Kelajak bunyodkori” medali bilan:

Feruza Sodiqova — Toshkent viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining taekvondo bo‘yicha murabbiysi;

Bobir Abdixolikov — Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;

Fotima Saipova - Velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi;

Gulruxbegim Toxirjonova- Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi.

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan:

Ulugʻbek Rashidov — Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 10-sinf o‘quvchisi (Buxoro viloyati);

Mixail Kleshko — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati);

Shermuhammad Jandreyev — Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting