locale OZ

Bir guruh sportchilarning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Ushbu zalda asosiy mashg‘ulot boks bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bir guruh sportchilarning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Фото: Olympic.uz

Toshkentdagi Olmazor tumanida joylashgan sport zallaridan biri auksionda sotuvga qo‘yilganidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu ob’ektda shug‘ullanayotgan imkoniyati cheklangan murabbiy va yoshlarning murojaati keng tarqalgan edi.

Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Sport vazirligi, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi va Olmazor tumani hokimligi mutasaddilari ushbu manzilga tashrif buyurib, murojaat qilgan murabbiy va yosh sportchilar bilan uchrashishdi.

Ushbu zalda asosiy mashg‘ulot boks bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, bir guruh imkoniyati cheklangan yoshlar powerlifting bilan bir necha yildan beri shug‘ullanib kelishmoqda. Rasmiylar murojaat muallifi bilan suhbatlashib, ularning iltimoslari o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqilishini bildirishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting