locale OZ

Bilasizmi? Mehdi Taghavi 2012-yil London Olimpiadasiga jo‘nab ketishidan atigi uch kun oldin uning onasi vafot etadi

Kimdir o‘zini qo‘lga olib, onasi uchun kurashsa, Mehdi uchun bu yo‘qotish juda katta ruhiy zarba bo‘lgan edi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bilasizmi? Mehdi Taghavi 2012-yil London Olimpiadasiga jo‘nab ketishidan atigi uch kun oldin uning onasi vafot etadi
photo: gettyimages

Mehdi Taghavi — Eronning buyuk sportchilaridan biri bo‘lib, yoshligimda uning kurashlarini zavq bilan tomosha qilib, unga muxlislik qilardim. U dunyo va Osiyo chempioni bo‘lgan yirik kurashchi hisoblanadi. 2011-yili London-2012 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi jahon chempionatida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Ammo 2012-yil London Olimpiadasiga jo‘nab ketishidan atigi uch kun oldin uning onasi vafot etadi. Har bir sportchi uchun orzu bo‘lgan Olimpiadaga borishni niyat qilgan bo‘lsa-da, shu og‘ir judolik sabab Mehdi dastlab musobaqaga bormaslikka qaror qiladi. Shunda murabbiylari unga iltimos qilib, baribir safarga chiqishni maslahat berishadi. Mehdi ularning so‘zini yerda qoldirmay boradi, lekin ruhiy jihatdan juda og‘ir holatda bo‘lgani uchun o‘zining asl darajasida kurasha olmaydi va mag‘lubiyatga uchraydi.

Kimdir o‘zini qo‘lga olib, onasi uchun kurashsa, Mehdi uchun bu yo‘qotish juda katta ruhiy zarba bo‘lgan edi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting