“Besh tashabbus paralimpiadasi”ning Namangan viloyati bosqichiga start berildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning viloyat bosqichi tantanali tarzda boʻlib oʻtdi.
Mazkur sport anjumani nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni jamiyat hayotiga faol jalb etish hamda sport salohiyatlarini namoyon etishlariga imkon yaratish maqsadida o‘tkazildi.

Viloyat bosqichida Namangan viloyatining barcha tuman va shaharlari bosqichlarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 364 nafar ishtirokchilar bahs olib bordi.
Musobaqalar nafaqat sport ruhini, balki ijtimoiy birdamlik va inklyuzivlik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. G‘olib va sovrindorlar esa respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Ibrohim Jalolov
Redaktor