locale OZ

«Besh tashabbus Paralimpiadasi» sport musobaqalarining Respublika bosqichi gʻoliblari taqdirlandi

Yakunda har bir sport turi boʻyicha gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlanishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Besh tashabbus Paralimpiadasi» sport musobaqalarining Respublika bosqichi gʻoliblari taqdirlandi
Фото: Olympic.uz

13-15-iyul kunlari “Olimpiya shaharchasi”da “Besh tashabbus Paralimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. Bugun mazkur oʻyinlarning gʻolib va sovrinlarini taqdirlashga bagʻishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda qatnashgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansur Olloyorov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boyicha vakili Odil Abduraxmanov, Bosh vazir oʻrinbosari Dilnoza Kattaxonova, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva, Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov, Sport vaziri Adham Ikramov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev, shuningdek, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rasmiylari, hukumat vakillari va boshqa mutasaddilar musobaqa ishtirokchilarini erishgan natijalari bilan samimiy muborakbod etishdi. Shuningdek, mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni ommaviy sportga keng jalb etish, ularning iqtidorini roʻyobga chiqarish va Paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish davlat siyosati darajasida qoʻllab-quvvatlanayotganini alohida taʼkidladi.

Qayd etish joiz, musobaqalar para yengil atletika, para stol tennisi, para badminton, para armrestling hamda shaxmat sport turlari boʻyicha oʻtkazildi. Unda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 364 nafar ishtirokchi medallar uchun bahs olib borishdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra umumjamoa hisobida Toshkent viloyati 1-o‘rinni, Samarqand viloyati 2-o‘rinni, Xorazm viloyati esa 3-o‘rinni egalladi. Yakunda har bir sport turi boʻyicha gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlanishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting