Besh tashabbus olimpiadasi — Yangi g'alabalar maydoni
Besh tashabbus olimpiadasi doirasida professional ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalarining Namangan viloyati bosqichida yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqalarda professional ta’lim tizimida tahsil olayotgan yoshlar sportning turli yo‘nalishlarida o‘z mahorat va iqtidorlarini namoyon etib, viloyat bosqichlarida g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldilar.
Taqdirlash marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov ishtirok etib, yosh sportchilarni erishilgan yutuqlar bilan tabrikladi, ularga kelgusidagi o‘qish va sport faoliyatlarida omad va zafarlar tiladi. Shuningdek, sport yoshlarning jismoniy chiniqishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida viloyat bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalarga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Besh tashabbus olimpiadasi yoshlarni sportga keng jalb etish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.