Besh tashabbus olimpiadasi – shaxmat va shashka bo‘yicha tuman bosqichi o‘tkazildi
Bu haqda Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Наманган вилояти спорт бошқармаси
Davlatobod tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining shaxmat va shashka yo‘nalishlari bo‘yicha tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalarda sektor bosqichlarida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar: Shaxmat – 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan havaskorlar
Shashka – 16–21, 22–26 va 27–30 yosh toifasidagi yoshlar ishtirok etib, qizg‘in va murosasiz bahslar olib borishdi.
Bellashuvlar davomida ishtirokchilar: aqliy salohiyat, strategik fikrlash, sabr va diqqatni jamlash ko‘nikmalarini yana bir bor namoyon etishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi hamda viloyat bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist