«Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida shaxmat va shashka musobaqalari bo‘lib o‘tdi
Bu haqda Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Наманган вилояти спорт бошқармаси
Namangan shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shaxmat va shashka bo‘yicha shahar bosqichi musobaqalari tashkil etildi. Bu haqda Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Unda 7–70+, 16–21, 22–26 hamda 27–30 yosh toifalarida erkaklar va ayollar o‘rtasida qizg‘in bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur intellektual bellashuvlarda tuman g‘olibi bo‘lgan ishtirokchilar viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida ishtirokchilar strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish hamda mantiqiy tafakkur borasidagi salohiyatlarini namoyish etdilar.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, viloyat bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdilar.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist