Berlin Millennium Team Cadet European Cup turnirida birinchi bo‘lgan qahramonlarimiz munosib kutib olindi
Endi kadetlarimiz qisqa muddatli tanaffusdan so‘ng yilning asosiy musobaqalari - Jahon va Osiyo chempionatlariga tayyorgarlikni boshlashadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
Germaniyaning Berlin shahri mezbonlik qilgan o‘smirlar o‘rtasidagi nufuzli xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston kadetlar terma jamoasi Vatanga qaytdi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida muzaffar dzyudochilarimiz tantanali ravishda kutib olindi. Aurelian-Chiprian Flis bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Berlin Millennium Team Cadet European Cup turnirida 4 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan 35 davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni band etgandi.
Endi kadetlarimiz qisqa muddatli tanaffusdan so‘ng yilning asosiy musobaqalari - Jahon va Osiyo chempionatlariga tayyorgarlikni boshlashadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor