locale OZ

Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026. 35 davlat orasida 11 ta medal bilan 1-o‘rinni egalladik!

Ikki kun davomida Germaniyaning Berlin shahri o‘smirlar o‘rtasidagi nufuzli xalqaro turnirga mezbonlik qildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026. 35 davlat orasida 11 ta medal bilan 1-o‘rinni egalladik!
photo: Dzyudo Uzbekistan

Ikki kun davomida Germaniyaning Berlin shahri o‘smirlar o‘rtasidagi nufuzli xalqaro turnirga mezbonlik qildi.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Berlin Millennium Team Cadet European Cup turnirida Aurelian-Chiprian Flis bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Yevropa Kubogidagi kuchli raqobatga qaramay, kadetlarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan 35 davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni band etishdi. Fransiya, Ozarbayjon, Turkiya, Italiya, Germaniya, Gruziya singari dzyudosi rivojlangan davlatlar ortda qoldirildi. Germaniya zaminida 4 marotaba O‘zbekiston davlat madhiyasi yangradi. Final dasturi bellashuvlarini bevosita arenadan O‘zbekistonning Germaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Ahatov kuzatib borgani ham e’tiborga molik holat.

Shu yil mart oyida Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tgan Millennium Team Cadet European Cup 2026 turnirida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 3 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza, jami 12 ta medal qo‘lga kiritgan edi. Berlin turnirida chempion bo‘lgan Charos Hikmatova Antaliyada ham oltin medal bilan taqdirlangandi.

Albatta, bu muvaffaqiyatlar zamirida Aurelian-Chiprian Flis boshchiligidagi murabbiylarimizning xizmat va hissasi katta bo‘lmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting