Bellator'ning sobiq rahbari 2027 yilda MMA boʻyicha yangi liga ishga tushirilishini eʼlon qildi
Bellator va Strikeforce promoushenlarining sobiq rahbari Skott Koker 2027 yilda aralash yakkakurashlar (MMA) boʻyicha yangi liganing ishga tushirilishini eʼlon qildi.
«Men har doim munosib vaqt kelganda — toʻgʻri qarash va puxta tanlangan jamoa bilan qaytishni xohlashimni bilar edim. Oʻsha vaqt hozir keldi. MMA olamida yangi, sershovqin va global brendga juda katta talab bor. Ushbu yangi liga va qaytish aslida nimalar muhimligini koʻrsatadi: musobaqalarning halolligi, sportchilarga boʻlgan hurmat hamda ularning ajoyib hayot yoʻli haqida dunyoga soʻzlab bera oladigan hikoyalarimiz», — dedi Koker.
Mavjud maʼlumotlarga koʻra, Skott yangi promoushenda bosh ijrochi direktor (CEO) lavozimini egallaydi. Bundan tashqari, ligaga allaqachon qariyb 60 million dollar investitsiya kiritilgan.