locale OZ

Belbog‘li kurashchilarimiz jahon chempionatida ikkinchi o‘rini qo‘lga kiritishdi

30 dan ortiq davlatlardan 300 nafarga yaqin kuchli sportchilar ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Belbog‘li kurashchilarimiz jahon chempionatida ikkinchi o‘rini qo‘lga kiritishdi
Фото: Спорт вазирлиги

Joriy yilning 15-18 dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Qozon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, 30 dan ortiq davlatlardan 300 nafarga yaqin kuchli sportchilar ishtirok etgan mazkur jahon chempionatida O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligidagi terma jamoamiz ham ishtirok etib, munosib natijalarni egallashga muvaffaq bo‘lishdi.

Belbog‘li kurash bo‘yicha yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Turg‘unpo‘latov shogirdlari ushbu jahon chempionatida mazkur sport turining erkin va klassik yo‘nalishlarida jami 6 ta oltin, 6 ta kumush va 24 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting