Belbog'li kurash. Navoiy shahrida bo'lib o'tadigan turnir oldidan yi'lish o'tkazildi
Navoiy shahrida 14-17 may kunlari belbog‘li kurash bo‘yicha U20 O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, bugun federatsiya bosh kotibi Abduxalil Malikov, kattalar terma jamoasi bosh murabbiyi Shavkat Mirzaqulov, yoshlar terma jamoasi bosh murabbiy Baxtiyor Turg‘unpulatov va boshqa kengash a’zolari, shuningdek, hakamlar, murabbiylar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, bosh kotib Abduxalil Malikov tomonidan malakali mutaxassis Yusuf Barnoqulovning Navoiy viloyati belbog‘li kurash federatsiyasi raisi etib tayinlangani to‘g‘risidagi O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisining buyrug‘ini o‘qib eshittiridi.
Shundan so‘ng U20 mamlakat chempionatini hamda joriy yilgi milliy va xalqaro musobaqalarni munosib tarzda o‘tkazish xususida fikr almashishdi.