locale OZ

Belbog‘li kurash — milliy meros va yuksak natijalar timsoli!

Sportchilarga 51 nafar murabbiy, jumladan 5 nafar xalqaro toifadagi murabbiylar saboq berib kelmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Belbog‘li kurash — milliy meros va yuksak natijalar timsoli!
photo: Kurash Uzbekistan

Belbog‘li kurash eng qadimiy va sharafli milliy sport turlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda viloyatimizda ushbu sport turi bilan 1683 nafar sportchi muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Quvonarlisi, ularning 298 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

Sportchilarga 51 nafar murabbiy, jumladan 5 nafar xalqaro toifadagi murabbiylar saboq berib kelmoqda.

To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi, ayni paytda viloyat belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Sherali Qosimov boshchiligida mazkur yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan sportchilar va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Namangan viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Faxriddin Yunusov ham ishtirok etib, sohada olib borilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar va istiqbolli rejalar xususida fikr bildirdi.

Ayni paytda viloyatimizda 10 ta tumanda belbog‘li kurash to‘garaklari faoliyat yuritmoqda. Birgina 2025 yil davomida sportchilarimiz: Jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklarida — 37 ta medal,
respublika miqyosidagi musobaqalarda — 199 ta oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Tadbir davomida 2026 yilga mo‘ljallangan rejalar va ularni amalga oshirish omillari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, yuqori natijalarga erishgan bir guruh sportchi va murabbiylar Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, xalqaro toifadagi hakam, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoni sohibi Ne’matullo To‘ychievga “Sport faxriysi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting