locale OZ

Belbogʻli kurash boʻyicha Oʻzbekiston chempionati yakunlandi

Kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Belbogʻli kurash boʻyicha Oʻzbekiston chempionati yakunlandi
Фото: Спорт вазирлиги

Joriy yilning 1-4 aprel kunlari Nukus shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu chempionatda 300 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etdi.

Murosasiz o‘tgan uch kunlik bellashuvlarda Muhammadyusuf Jakbaraliyev, Jamoliddin Ne’matullayev, Abutolib Mahkamov, Zaylobiddin Ortiqov, Diyorbek Polvonboyev, Sardorbek Sodiqjonov, Dilshodbek Oybekov, O‘rinboy Abdusamatov, Gulsanam Soliyeva, Manzuraoy Mo‘ydinova, Zemfira Azatova singari atletlar o‘z vazn toifalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bellashuvlar yakunida kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting