locale OZ

Belbog‘li kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Belbog‘li kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi
PHOTO: Telegram

Joriy yilning 18-20 aprel kunlari Andijon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi manejida bo‘lib o‘tgan mazkur chempionatda o‘g‘il bolalar belbog‘li kurashning erkin va belbog‘li kurash yo‘nalishlarida 13 ta vazn toifasida, qizlar esa 8 ta vaznda kuch sinashishdi.

Murosasiz bellashuvlarda Ilyosbek Hamidboyev (Namangan), Behruzbek Murotov (Andijon), Sanjarbek Hoshimjonov (Farg‘ona), Nuraziz Ilhomiddinov (Navoiy), Diyorbek Abduxalilov (Toshkent v.), Munisa Temirova (Namangan), Gulsevar Nurqobilova (Jizzax), Aysiluv Qidirbayeva (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) singari sportchilar o‘z vazn toifalarida birinchi o‘rinni band etishdi.

Ta’kidlash joiz, ushbu chempionatda kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar may oyida Nukusda o‘tkazilishi rejalashitirilgan Osiyo va jahon chempionatlarida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting