locale OZ

Belbog‘li kurash bo‘yicha nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.

Tashrif davomida joriy yilning 9–14-iyun kunlari Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan musobaqalarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Belbog‘li kurash bo‘yicha nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.
photo: Kurash Uzbekistan

Belbog‘li kurash bo‘yicha nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi

Belbog‘li kurash xalqaro federatsiyasi prezidenti Habir Sabirovich Habibulin hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov Xudoyberganovich Farg'onaga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida joriy yilning 9–14-iyun kunlari Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan musobaqalarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Jahon chempionati hamda kattalar o‘rtasida Ahmad Al-Farg‘oniy xotirasiga bag‘ishlangan Osiyo chempionatini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha tegishli rejalar ko‘rib chiqildi.

O'rganish yakunida musobaqalarni yuqori darajada o‘tkazish, sport infratuzilmasini yanada takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida kelishuvlarga erishildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting