locale OZ

Belbog‘li kurash. Andijonda O'zbekiston chempionati bo'lib o'tmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Belbog‘li kurash. Andijonda O'zbekiston chempionati bo'lib o'tmoqda
PHOTO: Telegram

Ayni kunlarda Andijon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha oʻsmirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlari o‘tkazilmoqda.

Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi manejida bo‘lib o‘tayotgan mamlakat chempionatida o‘g‘il bolalar belbog‘li kurashning erkin va belbog‘li kurash yo‘nalishlarida 13 ta vazn toifasida, qizlar esa 8 ta vaznda kuch sinashishmoqda.

Shuningdek, musobaqa doirasida chempionatning tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi.

Marosimda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi bosh kotibi Abduxalil Malikov, Andijon viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Toshpo‘latov, Andijon viloyati belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Rustam To‘raxonov va boshqalar ishtirok etishdi.

20 aprelga qadar davom etadigan mamlakat chempionatida shohsupadan joy olgan polvonlar may oyida Nukus shahrida o‘tkazilishi rejalashitirilgan Osiyo va jahon chempionatida ishtirok etish huquqiga ham ega bo‘lishadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting