locale OZ

Bekzod Qurbonov jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bekzod Qurbonov jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi
PHOTO: Telegram

Bir necha kun poytaxtimizda davom etgan konkur va ot yoʻrttirish boʻyicha xalqaro musobaqalar oʻz yakuniga yetdi. Turnirlar orasida koʻpchilikning diqqat-eʼtibori konkur boʻyicha Jahon chempionatiga saralash bosqichi vazifasini bajarib bergan bahslarga qaratildi.

160 sm (toʻsiq balandligi):
1. Rinat Galimov (Qirgʻiziston, “Grey-Dʼargouges” laqabli otda)
2. Bekzod Qurbonov (Oʻzbekiston, “Matts V.G”)
3. Bekzod Qurbonov (Oʻzbekiston, “Quintos HB”)

130 sm:
1. Kseniya Xayrulina (Rossiya, “Aqdarius”)
2. Bekzod Qurbonov (Oʻzbekiston, “Santos Hippica”)
3. Andrey Tryapitsin (Qirgʻiziston, “Florizell”)

Jamoaviy dastur:
1. Oʻzbekiston
2. Rossiya
3. Qozogʻiston

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining maʼlum qilishicha, hamyurtimiz Bekzod Qurbonov mazkur bellashuvlardan keyin jahon chempionati yoʻllanmasi uchun kerakli ballarni jamgʻardi va kelasi yili Germaniyaning Aaxen shahrida tashkil etiladigan dunyo birinchiligida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting