Bekzod Mamatqulov Fransiya futbol federatsiyasi rahbarlari bilan uchrashdi
24 oktabr kuni O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Fransiya futbol federatsiyasi vitse-prezidenti, futzal yo‘nalishi uchun mas’ul Pieretta Barrot hamda Xalqaro munosabatlar va jamoatchilik bilan aloqalar departamenti boshlig‘i Fransua Bigo bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston futzal federatsiyasi va Fransiya futbol federatsiyasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish hamda do‘stona sport aloqalarini mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, Jan-Mishel Olyas o‘zbek delegatsiyasini Fransiya futbol federatsiyasining infratuzilmasi, tizim xodimlari faoliyati hamda futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston terma jamoalari murabbiylarining Fransiyada malaka oshirishi va tajriba almashishi uchun sharoit yaratish, shuningdek, yaqin kelajakda O‘zbekiston va Fransiya futzal terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur tashrif ikki davlat sport sohasidagi hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, futzal yo‘nalishida xalqaro tajribani kengaytirish sari muhim qadam bo‘ldi.