locale OZ

Bekzod Kurbanov XX Osiyo o‘yinlarida kuchli o‘ntalikdan joy oldi

Ushbu natija XX Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston uchun muhim yutuqlardan biri bo‘ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bekzod Kurbanov XX Osiyo o‘yinlarida kuchli o‘ntalikdan joy oldi
photo: Ot sporti Uzbekistan

Bekzod Kurbanov XX Osiyo o‘yinlarida kuchli o‘ntalikdan joy oldi

XX Osiyo o‘yinlarida ot sporti bo‘yicha musobaqalar o‘z yakuniga yetdi. 4-oktabr kuni ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha individual bahslarning final bosqichi katta maydonda, balandligi 155 sm gacha bo‘lgan to‘siqlar orqali o‘tkazildi.

Ushbu bahslarda O‘zbekiston sharafini tajribali chavandoz Bekzod Kurbanov Matts VG laqabli oti bilan himoya qildi. Keskin kechgan kurashlar yakuniga ko‘ra, sportchimiz 9-o‘rinni egallab, mazkur yo‘nalishda Osiyoning eng kuchli o‘nta chavandozi qatoridan joy oldi.

Ushbu natija XX Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston uchun muhim yutuqlardan biri bo‘ldi.

Final bosqichi yakunlariga ko‘ra, sovrindorlar quyidagicha:

1-o‘rin — ALDUHAMI Ramzy Hamad A — Untouchable 32
2-o‘rin — ALRAJHI Abdulrahman Bader M — Lorenzo ES
3-o‘rin — MOHAMMED Basem — Chaccball

Shu tariqa, Bekzod Kurbanov 9-o‘rinni egallab, Osiyoning eng kuchli chavandozlari qatoridan joy oldi hamda XX Osiyo o‘yinlarida individual bahslarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting