Bekzod Kurbanov Chiemsee Pferdefestival turniridagi ishtirokini 145 sm balandlikdagi yo‘nalish bilan yakunladi
Bekzod Kurbanov Chiemsee Pferdefestival turniridagi ishtirokini 145 sm balandlikdagi yo‘nalish bilan yakunladi
Germaniyada 2–6 sentyabr kunlari go‘zal Chiemsee ko‘li bo‘yidagi Gut Ising ot sporti majmuasida o‘tkazilgan Chiemsee Pferdefestival xalqaro turniri o‘z yakuniga yetdi.
6 sentyabr — musobaqaning yakuniy kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Kurbanov o‘zining Matts VG laqabli oti bilan CSI2* – Grand Prix of Ising – Longines Ranking Point Group D toifada, to‘siqlar balandligi 145 sm bo‘lgan yo’nalishda ishtirok etdi.
Bekzod Kurbanov yo’nalishni 39,34 soniyada bosib o‘tib, bitta xatolikka yo‘l qo‘ydi. Mazkur yo‘nalishda 50 nafardan ortiq chavandoz ishtirok etdi.
Shu tariqa, Bekzod Kurbanov Germaniyadagi nufuzli xalqaro turnirdagi ishtirokini 145 sm balandlikdagi murakkab yo’nalishdagi munosib chiqish bilan yakunladi.