locale OZ

Bekzod Abdurahmonov Xalqaro atletlar forumida ishtirok etmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bekzod Abdurahmonov Xalqaro atletlar forumida ishtirok etmoqda
Rasm: Gazeta.uz

Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tashabbusi bilan Xalqaro atletlar forumi boʻlib oʻtmoqda. Ushbu nufuzli anjumanda global sportni rivojlantirish, sportchilarning manfaatlarini himoya qilish va dolzarb xalqaro sport masalalarini muhokama qilish maqsad qilingan.

Forumda Oʻzbekiston sharafini erkin kurash boʻyicha Tokio–2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Atletlar komissiyasi aʼzosi Bekzod Abdurahmonov himoya qilmoqda.

Tadbirda 200 dan ortiq mamlakatdan kelgan sportchilar, mutaxassislar va mashhur sport yulduzlari ishtirok etmoqda. Forum kun tartibidan sportchilarning huquqlarini himoya qilish, dopingga qarshi kurashish, xalqaro sport qoidalarini takomillashtirish hamda zamonaviy tendensiyalarni tahlil qilish kabi dolzarb masalalar oʻrin olgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting