locale OZ

Bektemir Meliqo'ziyev chempionlik kamari uchun eliminator jang o'tkazadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bektemir Meliqo'ziyev chempionlik kamari uchun eliminator jang o'tkazadi
Bektemir Meliqo'ziyev chempionlik kamari uchun eliminator jang o'tkazadi

Insayder Jalol Ahmedovning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, o'zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo'ziyev chempionlik uchun eliminator jangda qatnashadi. Manba ma'lumotiga ko'ra, Meliqo'ziyev 30 may kuni Las-Vegasda Golden Boy promouterlik kompaniyasi tashabbusi bilan tashkil etiladigan boks kechasida ringga qaytadi. Uning raqibi — amerikalik Darius Fulgem bo'ladi.

Jang WBA versiyasidagi super o'rta vazn toifasida eliminator sifatida o'tadi. Hozirda Meliqo'ziyev tashkilot reytingida uchinchi o'rinni egallab turibdi, Fulgem esa to'rtinchi pog'onada.

Bektemir Meliqo'ziyev professional ringda 16 marta jang qilib, 15 g'alaba (10 ta nokaut) va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Darius Fulgem esa 14 jangda ishtirok etib, barchasida g'alaba qozongan va 12 marta raqibini nokautga uchratgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting