Bektemir Melikuzievning WBA Eliminator jangining rasmiy promo-roligi e'lon qilindi
O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Melikuziev 30 may kuni WBA Eliminator doirasida ringga qaytadi. Uning raqibi amerikalik Darius Fulgham bo‘ladi. Jang Las-Vegasda, mashhur Golden Boy Promotions (Oskar De La Hoya rahbarligida) tashkil qiladigan professional boks kechasida o‘tkaziladi.
Jangga bag‘ishlangan rasmiy promo-rolik allaqachon tashkilotchilar tomonidan e'lon qilindi. Bellashuv 12 raunddan iborat bo‘lib, WBA reytingidagi da'vogarlik o‘rinlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega.
Melikuzievning joriy reytingdagi o‘rinlari:
WBA — 6-o‘rin
WBC — 11-o‘rin
WBO — 11-o‘rin
BoxRec — 20-o‘rin
World Series of Boxing musobaqasidagi natijalari:
6 jang
4 g‘alaba (2 ta nokaut)
2 mag‘lubiyat
Ushbu jang o‘zbek bokschisining faoliyatida muhim bosqich bo‘lib, uni chempionlik jangiga yaqinlashtirishi mumkin.