locale OZ

Bekobodlik yosh futbolchilar xalqaro musobaqada sovrindor bo‘lishdi

Bekobod futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari turnirning kumush medali sovrindorlari bo‘lishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bekobodlik yosh futbolchilar xalqaro musobaqada sovrindor bo‘lishdi
Фото: Металлург ПФК

Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lib o‘tgan “Barca Academy Manas Cup 2025” xalqaro futbol turniri o‘z yakuniga yetdi. Musobaqada Bekobod shahri sha’nini himoya qilgan yosh futbolchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Yarim final bahsida bekobodliklar penaltilar seriyasida “Chig‘atoy” jamoasini mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar. Hal qiluvchi uchrashuvda esa ikki o‘zbek jamoasi — Bekobodning “Metallurg” hamda Olmaliqning “OKMK” akademiyalari tarbiyalanuvchilari o‘zaro kuch sinashdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan final bahsida olmaliqlik yoshlar kichik, 2-1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Natijada Bekobod futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari turnirning kumush medali sovrindorlari bo‘lishdi.

Alohida quvonarli jihati shundaki, musobaqaning eng ko‘p gol urgan futbolchisi deb bizning akademiyamiz vakili Arslan Atanazarov e’tirof etildi. U turnir davomida 10 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting