Baydarka va kanoeda eshkak eshish. O‘zbekiston kubogining birinchi kunida nimalar bo'ldi?


Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston kubogining birinchi kuni bahslari bo'lib o'tdi.
Barchaga ma’lum Vladlen Denisov Xanchjou Osiyo o‘yinlarida va 2024-yilgi Osiyo chempionatida sovrindorlar qatoridan joy egallagan edi, ammo Samarqanddagi jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarila olmagan. Shunga qaramay, u uzoq muddatli mashg‘ulotlar kuch iroda bilan shuningdek, barcha murabbiylari va yaqin do‘sti, jamoadashi Artur Guliyev yordamida yana yuqori natijalarga erishishni boshladi. U birinchi bo‘ldi. Barakalla!!! Farg‘ona maktabi tarbiyalanuvchisi Diyorbek Mamatkulov ikkinchi va Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempioni Nurislom To‘xtasin o‘g‘li uchinchi bo‘ldi.
Chiroyli tabassum egasi Aleksandr Zarubin finalda yuqori natija qayd etib, shohsupaning birinchi pag’onasiga ko‘tarildi, farg‘ona vakili 2018-yilgi Osiyo o‘yinlarida 3-o‘rinni egallagan va uzoq tanaffusdan keyin sportga qaytgan Shohrux A’zamov ikkinchi, Ozodjon Amriddinov esa uchunchi o‘rinni band etdi.
Jahon kubogi bosqichida sovrindor bo‘lgan va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida barcha xorijlik raqiblarini lol qoldirgan Arina Tanatmisheva aynan bu masofada nimalarga qodir ekanligini isbotladi, u birinchi, kuchli murabbiylar farzandi, ota-ona kasbi davomchisi, xalqaro musobaqalarda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Milana Doushev-Yanich shohsupaning ikkinchi pag’onasiga ko’tarildi. Toshkent vilotayi vakilasi, Osiyo chempionatlari sovrindori Madina Islamova esa kuchli uchlikka yakun yasab berdi.

Futbol
Bugun da 13:45


Futbol
Bugun da 13:05