locale OZ

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha o'smirlar o'rtasida Toshkent shahar chempionati

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha o'smirlar o'rtasida Toshkent shahar chempionati
PHOTO: Telegram

Bugun poytaxtimizdagi Anhor kanalida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha U14, U16 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasida Toshkent shahar chempionati bo‘lib o‘tdi.

Saralash musobaqasida Poytaxtimizning Uchtepa va Yunusobod tumanlarining 1-sonli sport maktablari, Suv sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining 90 nafar yosh va umidli sportchilari sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib borishdi.

Eng mahiratli o‘smirlarimiz esa 22-28-iyun kunlari Respublika chempionatida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting