locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Osiyo chempionati – 2025 sarhisobi

Boshqa sport turlari 15 iyn 2025 da 13:56
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Osiyo chempionati – 2025 sarhisobi
PHOTO: Telegram

Kunni ikkinchi yarmida startga chiqqan sportchilarimiz ham medallarga ega chiqishdi:

500m
U23 K-4: Madina Ashrafxanova/Arina Tanatmisheva/Darya Mishina/Dilshoda Abdurahmonova (oltin)
U23 K-2: Madina Ashrafxanova/Arina Tanatmisheva (oltin)
U18 K-4: Milana Dushev-Yanich/Adelya Sayfullina/Malika Sultonova/Gulshoda G’anijonova (oltin)
U23 C-1: Mirjalol Komilov (oltin)
U23 K-2: Ozod Amriddinov/ Samandar Xaydarov (kumush)
U18 C-2: Zarina Kazakova/Muattarxon Kodirjonova (kumush)
U18 C-1: Davronbek Axtamov (bronza)
U18: K-4: Marsel Xalilov/Maksim Ivliyev/Abdulaziz Garipov/Ilxomjon Numonjonov (bronza)

Parakanoe bo‘yicha
500m
Azizbek Abdulxabibov (kumush)
Oybek Yudoshev (bronza)

Pattaya-Rayong shahrida (Tailand) baydarka va kanoeda eshkak eshish hamda parakanoe bo‘yicha o‘z yakuniga yetgan Osiyo chempionatida Furqat Sobirjonov boshchiligidagi o‘smirlar, yoshlar hamda murabbiylarimiz boshchiligidagi parakanoe milliy terma jamoalarimiz 37 nafar sportchi va 5 nafar murabbiy bilan ishtirok etdi. Quvonarlisi, yosh va umidli baydarka va kanoechilarimizning barchasi medallarga ega bo‘lishdi. Shu bilan birga umumjamoa hisobida U18 yosh toifasida 9ta oltin, 5ta kumush, 3ta bronza bilan 1-o‘rin, U23 yosh toifasida 8ta oltin, 6ta kumush, 3ta bronza medallari va 1-o‘rin, parakanoe bo‘yicha esa 7ta oltin, 6ta kumush, 1ta bronza medallari bilan ham 1-o‘rinni egalladik.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting