locale OZ

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha milliy terma jamoamiz  jahon chempionatida ishtirok etadi

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha milliy terma jamoamiz jahon chempionatida ishtirok etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha milliy terma jamoamiz  jahon chempionatida ishtirok etadi
photo: Akademik eshkak eshish

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha milliy terma jamoamiz jahon chempionatida ishtirok etadi.

Joriy yilning 26–30-avgust kunlari Polshaning Poznan shahrida kattalar o‘rtasida ICF baydarka va kanoeda eshkak eshish (Canoe Sprint) hamda parakanoe bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu mashhur Malta Regatta Course eshkak eshish kanali xalqaro miqyosdagi yirik turnirlarga bir necha bor mezbonlik qilgan. Aynan mazkur maskan o‘z bag‘riga barchani chorlaydi.

Poznan shahrida dunyoning eng kuchli sportchilari baydarka va kanoening Olimpiya hamda noolimpiya dasturiga kiruvchi yo‘nalishlarida jahon chempionligi uchun bahs olib boradilar. Musobaqada dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan minglab sportchilarning ishtirok etishi kutilmoqda. Bu esa mazkur chempionatni Xalqaro kanoe federatsiyasi (ICF) taqvimidagi eng yirik va nufuzli musobaqalardan biriga aylantiradi.

Joriy jahon birinchiligi Los-Anjeles–2028 Olimpiya o‘yinlari oldidan sportchilar uchun muhim xalqaro sinov vazifasini ham o‘taydi. Unda qayd etiladigan natijalar xalqaro reytingni shakllantirish hamda Olimpiya yo‘llanmalarini qo‘lga kiritish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashkilotchilar musobaqada Germaniya, Vengriya, Ispaniya, Polsha, Ukraina, Xitoy, Kanada, Avstraliya, O‘zbekiston hamda dunyoning boshqa yetakchi terma jamoalari ishtirok etishini kutmoqda. Shubhasiz, ushbu jahon chempionati mavsumning eng muhim starti hisoblanib, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha dunyoning eng kuchli sportchilari o‘rtasidagi murosasiz bahslarning suv maydoniga aylanadi.

Demak, ushbu muhim startda ishtirok etuvchi mamlakatimiz sportchilariga birgalikda muxlislik qilamiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting