Baydarka, kanoe va parakanoe bo‘yicha jahon kubogining III bosqichi Monrealda boshlandi!
9–12-iyul kunlari Kanadaning Monreal shahrida baydarka, kanoe va parakanoe bo‘yicha jahon kubogining III bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Nufuzli musobaqada dunyoning 64 ta mamlakatidan 670 nafar sportchi ishtirok etmoqda.
Bahslar Jan-Drapo bog’ida joylashgan afsonaviy Olimpiya eshkak eshish kanalida (Olympic Basin) o‘tkazilmoqda. Mazkur sport inshooti 1976-yilgi Olimpiya o‘yinlari uchun barpo etilgan bo‘lib, joriy yilda o‘zining 50 yilligini nishonlamoqda.
Musobaqadagi eng yirik delegatsiya Ispaniyaga tegishli bo‘lib, ular 37 nafar sportchi bilan ishtirok etayotgan bo’lsa, mezbon Kanada terma jamoasi 31 nafar eshkak eshuvchi bilan qatnashmoqda.
Oldinda to‘rt kun davom etadigan murosasiz bahslar, yorqin poygalar va jahonning eng kuchli eshkak eshuvchilari ishtirokidagi bellashuvlar kutmoqda. Jahon yulduzlarining chiqishini kuzatib boring!