locale OZ

Batumida Kurash bo‘yicha Yevropa chempionatiga start berildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Batumida Kurash bo‘yicha Yevropa chempionatiga start berildi
Photo: gettyimages

Gruziyaning Batumi shahridagi Muxran Vaxtangadze nomidagi sport majmuasi kurash bo‘yicha Yevropa chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Bahslarning dastlabki kunida o‘smir yoshdagi kurashchilar g‘oliblik uchun gilamga chiqib, muxlislarga shiddatli va qiziqarli bellashuvlarni taqdim etdilar.
Chempionatning boshlanishidan oldin Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi (IKA) Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiri tomonidan musobaqani boshqarib boruvchi hakamlar va xalqaro texnik rasmiylar (ITO) uchun texnik seminar o‘tkazildi. Seminar davomida musobaqa qoidalari va hakamlikning zamonaviy talablari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, 19 ta vazn toifasida o‘smirlar o‘rtasidagi qizg‘in bellashuvlar start oldi. Yosh polvonlar o‘z mahoratlarini namoyish etib, musobaqaning keyingi bosqichlariga yo‘l olish uchun kurash olib bordilar.

Bugun, shuningdek, Yevropa chempionatining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Marosimda nufuzli mehmonlar ishtirok etishi va musobaqaning birinchi kuni g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting