Basketbol. Zamin Humo jamoasi EKL 3×3 ning uchinchi turiga yo‘l oldi
16 noyabr 2025 kuni erkaklar basketbol 3x3 jamoasi “Zamin Humo” Rossiyaning Smolensk shahriga jo‘nab ketdi. 17 noyabr kuni bu yerda EKL 3×3 “Profi” divizionining uchinchi turi start oladi.
Jamoamiz 12–13 dekabr kunlari Kaluga shahrida bo‘lib o‘tadigan Superfinal yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi.
O‘tkazilish joyi: Smolensk, “Yubileyniy” sport saroyi
Turnir “Rosenergoatom” kontsernining Rossiya atom sanoati 80 yilligiga bag‘ishlangan basketbol 3x3 xalqaro festivali doirasida o‘tkaziladi. Asosiy bahslar — shahar markaziy maydonida!
Erkaklar turniri ishtirokchilari (9 ta jamoa):
SUNGARD (Moskva)
Zamin Humo (O‘zbekiston)
ABK BB (Sankt-Peterburg) — 3×3 afsonasi Shalva Shatashvili boshchiligida
Belarus-Minsk (Minsk)
Feniks-Rostov (Don bo'yidagi Rostov)
Kurchatov (Chelyabinsk) — 2025 yil Grand-final g‘olibi
Avtodor Moskva
BIONORD PRO (Perm) — Tokio-2020 Olimpiada kumush medali sohibi Aleksandr Zuev bilan
Belarus (terma jamoa)
Ayollar turniri (5 ta jamoa):
Tulpar (Kazan) — 1-tur g‘olibi
CSST-IGEU (Ivanovo)
AB Kondrashina (Sankt-Peterburg)
Sparta (Voronej)
IPBL-Desert (Yekaterinburg) — 2-tur finalchisi
“Zamin Humo” jamoasi tarkibi
Ali Aliev
Anvar Asanov
Marsel Xayrutdinov
Timur Aripov