Basketbol. Sadu Hotel Almaty mehmonxonasida Markaziy Osiyo Basketbol Assotsiatsiyasi (CABA) Koordinatsion kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Sadu Hotel Almaty” mehmonxonasida Markaziy Osiyo Basketbol Assotsiatsiyasi (CABA) Koordinatsion kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda 🇰🇿Qozog‘iston, 🇺🇿O‘zbekiston, 🇰🇬Qirg‘iziston va 🇹🇯Tojikiston basketbol federatsiyalari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda FIBA Osiyo bosh kotibi – Xagop Xajiryan faxriy mehmon sifatida qatnashdi.
O‘zbekiston Basketbol Federatsiyasi nomidan yig‘ilishda bosh kotib Miradilov B.M. ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida mintaqadagi basketbolni rivojlantirishga oid bir qator muhim masalalar muhokama qilindi:
FIBA’ning ta’lim dasturlari;
murabbiylar va hakamlar uchun seminarlar;
ommaviy va maktab basketbolini rivojlantirish dasturlari;
Ayollar basketbolini qo‘llab-quvvatlash dasturi “Her World, Her Rules”
2026-yil mart–aprel oylarida Toshkent shahrida CABA U18 yoshlar va qizlar jamoalari o‘rtasida o‘yinlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
FIBA Osiyo bosh kotibi yig‘ilishda bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot taqdim etdi va O‘zbekiston basketbolining so‘nggi yillardagi faolligi, xalqaro musobaqalardagi natijalari va ijobiy o‘sishini alohida ta’kidladi.
- Yig‘ilish yakunida FIBA Osiyo bilan hamkorlikni mustahkamlash, CABA mintaqasida basketbol darajasini oshirish hamda milliy va klub jamoalarining FIBA tizimidagi musobaqalarda faol ishtirokini kengaytirish yo‘nalishlari belgilandi.