Basketbol. Oʻzbekiston kubogi U16 Navoi shahrida boshlandi!
2025-yil 6-noyabr kuni Navoiy shahrida joylashgan “Kimyogar” va “So'g'diyona” sport majmualari maydonlarida U16 toifasidagi o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi uchun basketbol o‘yinlariga start berildi.
Musobaqalarda mamlakatning turli hududlaridan 11 ta o‘smirlar va 9 ta qizlar jamoasi ishtirok etmoqda. Qur’a natijalariga ko‘ra jamoalar quyidagi guruhlarga taqsimlandi:
O‘smirlar U16
A guruhi: Navoiy viloyati, Qashqadaryo viloyati, Toshkent shahar
B guruhi: Samarqand viloyati, Xorazm viloyati, Yashnobod-1 (Toshkent shahar), Lochin (Uchquduq shahar)
S guruhi: Surxondaryo viloyati, Jizzax viloyati, Toshkent viloyati, Buxoro viloyati
Qizlar U16
A guruhi: “So'g'diyona” (Navoiy shahar), Navoiy viloyati, Qashqadaryo viloyati
B guruhi: Xorazm viloyati, Jizzax viloyati, Namangan viloyati
S guruhi: Toshkent shahar, Surxondaryo viloyati, Sirdaryo viloyati
Dastlabki o‘yinlar natijalari
O‘smirlar U16
Jizzax vil. 28-60 Toshkent vil.
Surxondaryo vil. 51-55 Buxoro vil.
Xorazm vil. 47-33 Yashnobod-1
Qashqadaryo vil. 28-115 Toshkent sh.
Samarqand vil. 100-18 Lochin
Qizlar U16
Jizzax vil. 43-15 Namangan vil.
Surxondaryo vil. 72-12 Sirdaryo vil.
Navoiy vil. 79-18 Qashqadaryo vil.
Oldinda — qizg‘in bahslar, yorqin lahzalar va yangi sport yutuqlari!