locale OZ

Basketbol. O'zbekiston Indoneziyaga mag'lub bo'ldi

18-sentabr kuni O‘zbekiston ayollar U16 milliy jamoasi navbatdagi sinovga chiqadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Basketbol. O'zbekiston Indoneziyaga mag'lub bo'ldi
photo: Basketbol Uzbekistan

FIBA U16 Women’s Asia Cup 2025 Division B
Seremban, Malayziya
O‘zbekiston – Indoneziya
Kvalifikatsiya o‘yinlari yarim finalga chiqish uchun

1-chorak (17:14)
O‘zbekiston o‘yinni ishonchli boshladi, savatcha ostida faol kurash olib bordi. Mohinur Mamajonova (rebaundlar), Gulsevar Usmonova (to‘p tortib olish, samarali harakatlar) va Xushnoza Murodjonova (aniq zarbalar va assist) ajralib turdi. Rayhona Salimova blok-shotlari bilan yordam berdi. Jamoa hisobda ushlab tura oldi va atigi 3 ochkoga ortda qoldi.

2-chorak (24:12)
Hal qiluvchi burilish. Indoneziya himoyani kuchaytirib, tezkor hujumlarda samarali o‘ynadi. Farangiz Lutfullaeva va Shahzoda Urinovaning aniq zarbalari bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston terma jamoasi samaradorlikda pasaydi, ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydi va raqib katta tanaffusga 41:26 hisobida oldinda chiqdi.

3-chorak (16:11)
Tanaffusdan so‘ng o‘yin biroz tenglashdi. O‘zbekiston jamoasi har bir to‘p uchun kurashdi: Gulsevar Usmonova va Rayhona Salimova ochko kiritib, ribaundlarda faol bo‘lishdi. Mohinur Mamajonova ham uzoq masofadan aniq zarba berdi. Ammo jarimalar va hujumdagi noaniqliklar hisobni qisqartirishga imkon bermadi.

4-chorak (20:15)
So‘nggi chorak ham Indoneziya foydasiga hal bo‘ldi. Shahzoda Urinova va Amaliya Gadaeva uch ochkolik zarbalar bilan ajralib turishdi, Gulsevar Usmonova savatcha ostida faol bo‘ldi, Xushnoza Murodjonova esa aniq hujumlar qildi. Shunga qaramay, raqib ustunligini saqlab qoldi va g‘alabaga erishdi.
Yakuniy hisob: Indoneziya 77:52 O‘zbekiston

O‘zbekiston U16 jamoasi yetakchi o‘yinchilari statistikasi:
Usmonova Gulsevar — 14 ochko, 12 podbor, 2 assist, 2 perexvat
Gadayeva Amaliya — 8 ochko, 2 podbor, 4 perexvat, 1 blokshot
Xolikova Munira — 7 ochko, 2 podbor, 3 perexvat
Salimova Rayhona — 3 ochko, 7 podbor, 4 blokshot

18-sentabr kuni O‘zbekiston ayollar U16 terma jamoasi navbatdagi sinovga chiqadi!
Bizning qizlarimiz 5–6-o‘rin uchun o‘yinda 🇲🇾 Malayziya jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting