locale OZ

Bangladesh poytaxti Daka shahrida Xalqaro ochiq Kurash chempionati o‘tkaziladi

Bellashuvlar Daka shahridagi Shaheed Tajuddin Ahmed Wooden Floor Gymnasium sport majmuasida tashkil etiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bangladesh poytaxti Daka shahrida Xalqaro ochiq Kurash chempionati o‘tkaziladi
photo: Kurash Uzbekistan

2026 yil 22–23 may kunlari Bangladesh Xalq Respublikasi poytaxti Daka shahrida Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi taqvimidan o‘rin olgan nufuzli musobaqalardan biri — Kurash bo‘yicha Xalqaro ochiq chempionatibo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqa dunyoning turli qit’alaridan tashrif buyuradigan eng kuchli polvonlarni bir maydonda jamlab, zamonaviy Kurash taraqqiyotining navbatdagi muhim bosqichini namoyon etadi. Chempionat doirasida turli yosh va vazn toifalarida g‘oliblar aniqlanib, jahon miqyosidagi eng kuchli kurashchilar saralab olinadi.

Chempionatda Xalqaro Kurash assotsiatsiyasiga a’zo milliy federatsiyalar sportchilari ishtirok etishi mumkin. Har bir mamlakatdan har bir vazn toifasida ikki nafargacha kurashchi qatnashishiga ruxsat beriladi.

Bellashuvlar Daka shahridagi Shaheed Tajuddin Ahmed Wooden Floor Gymnasium sport majmuasida tashkil etiladi.
Musobaqa dasturiga muvofiq, kattalar o‘rtasidagi bahslar 22 may kuni, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlar esa 23 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi barcha milliy federatsiyalarni ushbu chempionat faol ishtirok etishga taklif qiladi.
Ishtirokchilar “IKA Registration system” saytida 10 may kuniga qadar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting