locale OZ

Bahreynda Formula-1 musobaqasining to'rtinchi bosqichi start oladi: Norris Red Bull jamoasidan kuchli natija kutmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bahreynda Formula-1 musobaqasining to'rtinchi bosqichi start oladi: Norris Red Bull jamoasidan kuchli natija kutmoqda
Bahreynda Formula-1 musobaqasining to'rtinchi bosqichi start oladi: Norris Red Bull jamoasidan kuchli natija kutmoqda

11 apreldan 13 aprelgacha Bahreynda jahon chempionati - Formula-1ning to'rtinchi bosqichi bo'lib o'tadi.

Musobaqa taqvimi:
11 aprel:
16:30 — birinchi mashq
20:00 — ikkinchi mashq
12 aprel:
17:30 — uchinchi mashq
20:00 — saralash
13 aprel:
20:00 — asosiy poyga

McLaren jamoasi piloti Lando Norrisning aytishicha, Red Bull Bahreyn Gran-prisida yaxshi chiqish qilishi mumkin.

Norris shunday dedi:
«Biz past tezlikdagi burilishlarda ulardan orqadamiz, Bahreynda esa tez burilishlar kamroq - shuning uchun ustunligimizni yo'qotamiz. Red Bull juda tez. Suzukadagi saralashda men va Oskar mashinadan maksimum natijani oldik. Ferstappen biroz tezroq edi, lekin yaqin edik. Ular o'tgan mavsum davomida juda kuchli bo'lishdi va menimcha, har bir bosqichda bizga raqobat qilib boraveradi».

Hozirgi kunda Lando Norris pilotlar umumiy reytingining birinchi pog'onasida, undan keyin Maks Ferstappen va Oskar Piastri joylashgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting