Bahraynda Kurash bo‘yicha jamoa rasmiylari uchun texnik yig’ilish va Qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Manama, 18 oktyabr 2025. Bahrayn poytaxtida o‘tayotgan 3-Osiyo Yoshlar O‘yinlari doirasida Kurash sport turi bo‘yicha Chief de Mission Meeting hamda qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi (IKA) Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiri, IKA Administratsiya rahbari Mansur Mirzayev, Texnik direktor Ravi Kapoor, Osiyo Kurash konfederatsiyasi (KCA) texnik direktori Ali Shaherkani, Xalqaro Kurash instituti (IKI) rektori Habibulla Tadjiyev, shuningdek 3-Osiyo Yoshlar O‘yinlari Tashkiliy qo‘mitasi vakillari, milliy federatsiyalar rahbarlari va murabbiylar ishtirok etishdi.
IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiri yig‘ilish davomida tashkiliy qo‘mitaga yaqin hamkorlik, puxta tayyorgarlik va sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.
Ma’lumot o‘rnida, Kurash sport turi tarixda ilk bor Osiyo Yoshlar O‘yinlari dasturidan o‘rin olmoqda. Bellashuvlar 19–20 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda o‘g‘il bolalar -65 kg va -83 kg, qizlar esa -52 kg va -70 kg vazn toifalarida medallar uchun bahs olib borishadi.
Bugungi yig‘ilish yakunida qur’a tashlash marosimi ham o‘tkazildi.