locale OZ

Bahraynda III Osiyo o‘yinlari boshlandi

Sportning 28 yo‘nalishi bo‘yicha qariyb ikki hafta mobaynida g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bahraynda III Osiyo o‘yinlari boshlandi
ФОТО: Getty images

Kechagi kuni G‘arbiy Osiyoning Fors ko‘rfazi sohillarida joylashgan Bahrayn qiroli mamlakatida III Osiyo yoshlar o‘yinlariga start berildi. Sportning 28 yo‘nalishi bo‘yicha qit’amizning eng kuchli, iqtidorli yoshlari qariyb ikki hafta davomida g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

III Osiyo yoshlar o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan futzal musobaqasida 8 ta jamoa qatnashadi. Ular qur’a natijasiga ko‘ra ikkita guruhga ajratilgan. Bahrayn safariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi “A” guruhida musobaqa mezboni – Bahrayn, shuningdek, Afg‘oniston hamda Xitoy terma jamoalariga qarshi maydonga chiqadi. “B” guruhidan esa Eron, Tailand, Saudiya Arabistoni va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rin egallagan.

Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan futzal bahslari Bahrayn mamlakatining shimoliy qismida joylashgan Isa Taun shahridagi 3600 tomoshabinga mo‘ljallangan "Xalifa sport siti" majmuasida bo‘lib o‘tishi e’lon qilindi. Terma jamoamiz Bahraynga 21-oktabr kechasi uchib ketadi va dastlabki uchrashuvini 24-oktabr kuni Afg‘oniston o‘smirlariga qarshi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlari futzal bahslari 2026 yili Senegal poytaxti Dakar shahrida bo‘lib o‘tadigan IV yozgi yoshlar olimpiadasi uchun saralash musobaqasi vazifasini o‘tab beradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting