locale OZ

Bahrayn—2025 sovrindorlari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston delegatsiyasi ushbu turnirda umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bahrayn—2025 sovrindorlari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi
FOTO: Olympic.uz

Maʼlumki, joriy yilning 22—31 oktyabr kunlari Bahrayn mezbonlik qilgan III Osiyo yoshlar oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 37 ta oltin, 16 ta kumush va 28 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida mazkur musobaqada sovrindor boʻlgan sportchilar va ularning murabbiylariga davlat tomonidan koʻzda tutilgan bir martalik pul mukofotlari taqdim etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sport boʻyicha vakili Odil Abduraxmanov, shuningdek, Sport vazirligi va MOQ rahbariyati, musobaqada shohsupaga koʻtarilgan sportchilarimiz va ularning yaqinlari ishtirok etishdi.

Rasmiylar yosh atletlarni qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyat bilan qutlab, ularga kelgusi Oʻyinlarda ham omad tilashdi. Shuningdek, tantanali yopilish marosimida Osiyo yoshlar oʻyinlarining kelgusi mezboni sifatida topshirilgan Osiyo Olimpiya kengashi bayrogʻi MOQ binosiga oʻrnatildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting