Bahrayn III Osiyo o'smirlar o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
Bahraynda III Osiyo o'smirlar o'yinlariga tayyorgarlik masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi vakillari ham ishtirok etib, musobaqaga oid muhim masalalar bilan tanishishdi.
Uchrashuvda tashkilotchilar O'yinlar dasturi va taqvimini taqdim etishdi, shuningdek, musobaqalar o'tadigan sport inshootlari haqida ma'lumot berishdi.
Muhokamalar markazida infratuzilma holati, sportchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va logistika masalalari bo'ldi.
Ma'lumot uchun, III Osiyo o'smirlar o'yinlari joriy yilning 22–31 oktyabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Bakradze Iman
Redaktor